Prezident Termizda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «Jarqo‘rg‘on meva-sabzavot eksport» korxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda dukkakli don mahsulotlarini saralab, eksportga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Shu yerda viloyatni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar namoyish etildi. Davlat rahbari Angor, Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida klaster usulida paxta yetishtirish, hududiy eksport salohiyatini oshirish dasturlari bilan tanishdi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida olib borilayotgan qurilish ishlari, Termiz shahri, Denov va Qiziriq tuman markazlarida amalga oshiriladigan bunyodkorlik rejalari yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024