Sport | 09:42 / 19.01.2018
14018
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» qiyin g‘alabaga erishdi

Madridning «Real» klubi Ispaniya Kubogining chorak final bosqichi birinchi uchrashuvida g‘alabaga erishdi. Zinedin Zidan shogirdlari «Leganes»ga qarshi safarda kechgan o‘yinda Marko Asensio 89-daqiqada urgan gol evaziga g‘alaba bilan qaytdi. 

Javob uchrashuvi 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya Kubogining chorak finalida bungacha «Barselona» «Espanol»ga, «Atletiko» «Sevilya»ga yutqazgandi, «Valensiya» esa «Alaves»ni yenggan.

Ispaniya Kubogi
1/4 final
Birinchi o‘yin

Leganes – Real Madrid 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 89 Asensio.
Leganes – Shampan, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas, Eraso, Gumbau, El-Jar, Peres (Brashanats, 61), Naranxo (Amrabat, 70), Bovyu (Ramos, 82).
Real Madrid –  Kasilya, Valexo (Nacho, 15), Teo, Karvaxal, Varan, Sebalos (Modrich, 67), Lorente (Isko, 73), Vaskes, Kovachich, Asensio, Mayoral.
Ogohlantirishlar: El-Jar (39), Gumbau (62), Naranxo (67).

Mavzuga oid