Jahon | 19:25 / 19.01.2018
9150
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik harbiylar Turkiya operatsiya boshlamoqchi bo‘lgan Afrinni tark etmoqdalar – OAV
Turkiyaning Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, rossiyalik harbiylar Turkiya suriyalik kurdlar kuchlariga qarshi operatsiya boshlamoqchi bo‘lgan Suriyaning Afrin shahrini tark etishmoqda.
Agentlikning ma'lum qilishicha, 170 nafar rossiyalik harbiy mahalliy vaqt bilan soat 16.00da Afrindan janub tomonga 17 km ko‘chib o‘tishlari kerak edi.
Harbiy manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy politsiyasi bo‘linmalaridan bir necha o‘n odam Nubul va Zahra aholi punktlari tomon yo‘l olganlar. Bu aholi punktlarini Suriya hukumat armiyasi nazorat qiladi.
Biroq bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q.