00:31 / 19.01.2018
7027

Samsung maxfiy tarzda smartfonlar uchun 5G-modem ishlab chiqmoqda

Foto: Foto: Samsung

Yaqinda Las-Vegasda o‘tgan CES iste'molchilik mahsulotlari ko‘rgazmasida Samsung kompaniyasi 5G mavzusiga yuzaki to‘xtalib o‘tdi. Biroq kompaniya yopiq eshiklar ortida 2019 yilda ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar uchun yaratayotgan Exynos 5G modemi prototipini taqdim qildi. 

Business Korea jurnalistlarining fikricha, kompaniya shu tariqa AQShdan keltiriluvchi butlovchi qismlarga bog‘liqligini kamaytirmoqchi. 2019 yilda Samsung keyingi avloddagi smartfonlarning katta qismini o‘zi ishlab chiqqan 5G modemlari bilan ta'minlay oladi. 

Exynos 5G modemlari iyunda tayyor bo‘ladigan Release 15 standartining xomaki versiyasi uchun ishlab chiqilmoqda. Texnologiya ham yangi, ham eski tarmoq qurilmalariga mos tushadi. Modem, jumladan Non-Standalone (NSA) va Standalone (SA) spetsifikatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, ya'ni eski LTA standartidagi uyali aloqa vishkalarining qurilmalari bilan ham, 5G infratuzilmasi bilan jihozlangan yangi tarmoqlar bilan ham ishlay oladi.

O‘tgan yil AQShning Qualcomm (Snapdragon X50) va Intel (XMM8060) kompaniyalari o‘zlarining 5G-modemlarini taqdim qilgandilar. Gaplarga qaraganda, Samsung 5G modemiga ega ilk telefonni keyingi yil boshida namoyish qiladi va 2021 yil oxirida yoki 2022 yil boshida paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan yakuniy standart Release 16’ning ishlab chiqilishida faol ishtirok etadi.

iPhone’ning yangi modellariga Qualcomm’ning emas, balki ilg‘orroq ko‘ringan Intel’ning 5G-modemlari qo‘yilishi mumkin. Apple muhandislarining fikricha, bo‘lg‘usi ayfon modellari uchun Intel 5G modemi maqbulroq keladi.

Mavzuga oid
Top