14:29 / 19.01.2018
7885

So‘nggi iPhone egalari aloqa uchun Samsung sohiblaridan ko‘proq pul to‘lashlari ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

iPhone X, iPhone 8 va iPhone 8 Plus egalari aloqa uchun Samsung Galaxy Note 8, Galaxy S8, S8 Active va S8 Plus egalariga nisbatan 1,5 barobar ko‘p pul to‘lashadi. Bu haqida oneFactor sun'iy intellekt tizimi ishlab chiqaruvchilarining ma'lumoti dalolat bermoqda. 

2017 yilning dekabrida iPhone X abonentlari aloqa xizmatlari uchun o‘rtacha 1,8 ming rublga ko‘p pul to‘lashgan, iPhone 8 va iPhone 8 Plus egalari esa - ming va 1,2 ming rubl atrofida. 

Samsung Galaxy Note 8 uchun o‘rtacha chek 1,1 ming rublni tashkil qildi, Galaxy S8, S8 Active va S8 Plus uchun esa - taxminan 900 rubl.

Ekspertlarning aniqlik kiritishicha, Apple texnikasidan foydalanuvchilar RFning barcha mintaqalari va hatto Samsung foydalanuvchilari ko‘pchilikni tashkil qiluvchi Uzoq Sharqda ham ko‘proq pul to‘lashadi. oneFactor'ning tahlil va algoritmlar bo‘yicha direktorining so‘zlariga ko‘ra, yangi  iPhone foydalanuvchilari oyiga 11 Gb atrofida trafik to‘lashadi, Samsung sohiblari esa - 8 Gb atrofida.

Tele2 ma'lumotlariga ko‘ra, iPhone egalaridan tushadigan  ARPU (abonentlardan tushuvchi oylik o‘rtacha daromad) smartfonlarning boshqa modellariga nisbatan 50 foizga yuqori. "Megafon" ma'lumotlariga ko‘ra esa, iPhone foydalanuvchilaridan tushadigan oylik o‘rtacha tushum Samsung egalaridan tushadigan daromadga nisbatan taxminan 10 foizga yuqori. 

Mavzuga oid
Top