Turkiya nashri: AQSh Suriya chegarasiga terrorchilarni joylashtirdi
Amerika razvedka xizmatlari faoliyati ortidan Suriya va Turkiya chegarasidagi Tal-Abyad tumaniga PYD/PKK guruhining minglab jangarilari joylashtirilgan. Bu haqda Turkiyaning «Anadolu» agentligi Suriya shimolidagi ishonchli manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Amerika armiyasining zirhli mashinalari konvoyi o‘tgan haftada ikki marta Tal-Abyadga kelgan. Bu hudud Suriya demokratik kuchlari (PYD/PKK) tasarrufida hisoblanadi.
Xabarda aytilishicha, amerikalik harbiylar o‘nlab avtomobillarda kelib Tal-Abyad tumani g‘arbida razvedka ishlari olib borgan.
Shundan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmasdan, Suriya shimolidagi ushbu hududga PYD/PKK jangchilari ko‘cha boshlagan, bu jangchilar shu vaqtgacha Ayn-al-Arab (Kobani) shahridan janubdagi Ayn-Issa posyolkasida edi.
Jangchilar ko‘chib kelgan hududga 10ta kuzatuv posti o‘rnatilgan.
Avvaliga bu postlarda ko‘pi bilan 15 nafardan jangchi bo‘lgan, endilikda ularning har birida 100 nafar jangchi joylashtirilgan.