08:41 / 19.01.2018
26378

Jizzaxda pichoqbozlik yuz berdi

Jizzaxda uch kishi ishtirokida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 15 yanvar soat 00:50 larda Bobur MFY O‘zbegim ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan T.E. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida Qorayantoq MFY Navro‘z ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.M.ning chap oyoq son qismiga pichoq bilan urgan vaqtida, N.M. T.E.ning qo‘lidagi pichoqni tortib olib, uni va birga yashovchi ukasi, 1991 yilda tug‘ilgan F.T.ning biqini qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda bir ayol boshqasini pichoqlagani xabar berilgandi.

Top