Ayni damda senat yangi qonun loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Oq uy demokratlarning senatdagi siyosatini “omadsizlar xatti-harakati” deb atadi. AQSh hukumat byudjyetsiz to‘laqonli faoliyat yurita olmaydigan kam sonli davlatlardan biri sanaladi.
Avvalroq, kongressning vakillar palatasi oktabrda boshlangan moliyaviy yil start olganidan beri to‘rtinchi vaqtinchalik byudjyetni qabul qilgandi – bu safar 18 fevralgacha.











