07:41 / 20.01.2018
4570

AQShda Atlas V raketasi harbiy sun'iy yo‘ldosh bilan fazoga uchirildi

Foto: Space.com

19 yanvarda Kanaveral burnidagi (Florida shtati) kosmodromdan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan GEO-4 sun'iy yo‘ldoshiga ega Atlas V raketa-tashuvchisi fazoga uchirildi. 

GEO-4 jangovar raketalar qo‘llangani haqida tezkorlik bilan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan. Raketa dastlab 18 yanvarda uchirilishi kerak edi, biroq parvoz texnik nosozlik sababli qoldirilgandi. Parvoz United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi tomondan amalga oshirildi. 

Sun'iy yo‘ldoshning og‘irligi 4,5 tonnani, xizmat mudddati 12 yilni tashkil qiladi. Ushbu qurilma AQSh harbiy-havo kuchlari tomondan yaratilayotgan koinotda joylashgan infraqizil tizimning bir qismiga aylanishi kerak. Tizim vazifalari raketa parvozlarini kuzatish va Yerga ular haqidagi ma'lumotlarni uzatish bilan cheklangan. Tizimga hozirda 10taga yaqin, jumladan GEO-1, GEO-2, GEO-3 sun'iy yo‘ldoshlari  kiradi. GEO sun'iy yo‘ldoshlari infraqizil sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, Yerdagi muayyan obektlar ortidan kuzatuv olib boradi. 

Mavzuga oid
Top