Germaniyaga yopirilgan “Friderike” dovuli vaqtida Dyusseldorf aeroportiga yölovçi samolyotining qöndirilişi internet foydalanuvçilarini ham biroz taşvişlantirdi, ham lol qoldirdi. Uşbu holat videosi YouTube’da joylaştirildi.
Videoga qoldirilgan izohda ta'kidlanişiça, Bolonyadan kelayotgan Eurowings aviakompaniyasi samolyoti aeroportga kirib kelayotganda şamol tezligi 110 km/soatgaça yetgan. Uçuvçi samolyotni bunday ekstremal şaroitlarda hattoki ikkinçi aylanani bajarmay, bir urinişda qöndira olgan. Videoda samolyot kuçli şamol sababli çayqalayotganini köriş mumkin.
Videoga qoldirilgan izohlarda foydalanuvçilar uçuvçining mahoratini yuqori baholaşgan.
“Uçuvçi oldida şlyapamizni yeçamiz”, deb yozgan bir foydalanuvçi.
Yana bir foydalanuvçi “Yaxşi iş. Umid qilamanki, uni taqdirlaşadi”, deb fikr bildirgan.
Ba'zi foydalanuvçilar esa rolikni tomoşa qiliş vaqtida qörquvdan özlarini yomon his qilganlarini tan olişgan.
“Birgina videoning özidan oyoqlarim qaltirab, badanimni muzdek ter bosdi”, deb aytgan bir foydalanuvçi.
“Jin ursin, yöq! Men turbulentlikka tuşganmanu, biroq bunaqasini körmaganman. Bu video dahşat”, deb izoh qoldirgan yana bir foydalanuvçi.
18 yanvarda Germaniyada “Friderike” dovuli sababli trevoganing qizil darajasi e'lon qilingandi. Toğli hududlarda şamol tezligi 200 km/soatdan köproqqa yetgan. Dovul 200dan köproq temir yöl izlariga şikast yetkazgan. Ma'lum qilinişiça, uşbu dovul Germaniyaga 2007 yilda yopirilgan “Kirill” dovulidan keyin kuçliligi böyiça 2-raqamlisi böldi.












