09:12 / 20.01.2018
3455

Misr yetakchisi prezidentlik saylovlariga oid rejasini ma'lum qildi

Foto: AFP 2018 / Alain Jocard

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyning ma'lum qilishicha, mamlakatda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan davlat rahbari lavozimi uchun saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yish niyatida.

"Respublika prezidenti lavozimiga nomzodimni ilgari surishimni qabul qiling, bu sizlarning ishonchingizni ikkinchi marta olishim uchun kerak", - deya aytib o‘tdi as-Sisiy maxsus anjumanning oxirgi kuni.

Misr sobiq mudofaa vaziri 63 yoshli Abdul Fattoh as-Sisiy 2014 yilda mamlakat prezidenti etib saylangandi. Bu davlat rahbari Muhammad Mursiy hokimiyat tepasidan chetlatilganidan bir yil o‘tib ro‘y bergan.

Ko‘plab kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Misrdagi avvalgi prezidentlik saylovlari ko‘proq harbiy mahkama sobiq rahbariga prezidentlik vakolatlarini berish bo‘yicha referendumga o‘xshab ketgan. Aytilishicha, mamlakatning aksariyat aholisi as-Sisiydan 2013 yilning yozidagi qat'iy harakatlar va ommaviy norozilik aksiyalarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdor. O‘shanda vaziyat radikal kayfiyatdagi shaxslarning hukumat tepasidan chetlashtirilishi bilan yakun topgan. Qator siyosiy kuchlar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Misrda prezidentlik saylovlarining birinchi turi 26-28 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Agarda nomzodlardan hech kim mutlaq ko‘pchilik ovozni to‘play olmasa, 24-26 aprel kunlari ikkinchi tur o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top