08:51 / 20.01.2018
22040

Surxondaryo faollari yig‘ilishi Oqto‘be fojiasi qurbonlarini yod etish bilan boshlandi

Surxondaryo viloyati faollarining 2018 yil 19 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida ro‘y bergan fojiada halok bo‘lganlarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi. Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kuni viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida O‘zbekistonning eng janubiy viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumani hududidan o‘tuvchi «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068 kmda Kaliboy aholi yashash punktidan 10 km uzoqlikda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Setra rusumli avtobus harakatlanayotgan vaqtida alanga olgan. Avtobus Qozog‘iston janubidan Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l olgandi. Unda 57 kishi bo‘lgan, faqat 5 kishi chiqa olgan, qolgan 52 kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 52 kishidan 32 nafarining shaxsi aniqlangan. 

Mavzu
Aqto‘beda fojia

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi

Barchasi
Top