Assalomu alaykum hurmatli Kun.uz jamoasi.

Men Kamalova Dilnavoz. Navoiy şahrida doimiy röyxatda turaman.

Hozirda Toşkent davlat texnika universiteti Tayanç doktoranturasi 2-bosqiç doktorantiman. Turmuş örtoğim ham 2-bosqiç doktoranti. Biz 1 yildan beri Olmazor tumanida vaqtinçalik röyxatdan ötib, ijarada 2 nafar farzandimiz bilan yaşab kelmoqdamiz. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qarori 3-bob, 38-qism «z» kiçik bandiga köra tayanç doktoranturaning 2-kursidan boşlab oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar arzon uy-joylarni imtiyozli olişi mumkinligi yozilgan. Uşbu qaror nizomi va ilovalarida «propiska» haqida heç narsa aytilmagan.

SAVOL: Men Toşkent şahridan yangi qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli kredit asosida olişim mumkinmi?

Javobingiz uçun oldindan rahmat.

JAVOB: Siz yuqorida ta'kidlagan Vazirlar Mahkamasi qarori nafaqat Toşkent şahri, balki yurtimizdagi boşqa şaharlarda ham yaşaydigan yoş oilalar, eskirgan uy-joylarda yaşayotganlar va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarning boşqa toifalariga arzon köp kvartirali uylarni quriş, rekonstruksiya qiliş va sotişni belgilaydi.

Lekin Toşkent şahrida uy-joy sotib oliş tartibi Vazirlar Mahkamasining boşqa bir qarorida, ya'ni 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tartibga solinadi.

Qarorga köra, Toşkent şahrida uy-joy oldi-sotdi bitimlarini, almaştiriş, renta, umrbod ta'minlaş şarti bilan özgaga beriş va hadya qilişni, şuningdek, Toşkent şahridagi turar joy yoxud turar joy bölmagan bino şaklidagi köçmas mulkni garovga (ipotekaga) qöyiş, köçmas mulkdan (köçmas mulkning bir qismidan) voz keçiş va köçmas mulkni özgaga berişning boşqa usullarini notarial tasdiqlaş va davlat röyxatidan ötkaziş quyidagi hollarda amalga oşiriladi.

Agar sotib oluvçi tomon:

- Toşkent şahrida doimiy propiskaga ega bölgan;

- Toşkent şahri hududida kamida uç yil doimiy yaşab turgan (lavozimda bölgan) röyxatning 2, 5, 9 , 11-bandlariga muvofiq Toşkent şahrida doimiy propiska qilingan jismoniy şaxs hisoblansa va içki işlar organining doimiy propiskasi borligi töğrisidagi ma'lumotnomasini taqdim etsa.