22:00 / 21.01.2018
8233

O‘zbekistonlik dzyudochilar Tunis Gran-prisida oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi  

Foto: sports.uz

Tunisda dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan Gran-pri musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar munosib qatnashishmoqda.   

66 kg.gacha vazn toifasida Shaxram Axadov barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ahadov finalgacha slovakiyalik Andraz Jyerebni, ukrainalik Gevorg Xachataryanni, rossiyalik Isa Isayevni, misrlik Muhammad Abdulmagudni mag‘lub etdi. Hamyurtimiz final bahsida yaponiyalik dzyudochi Taro Fujisakani dog‘da qoldira oldi.

73 kg.gacha vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Mirzohid Farmonov bronza medalni qo‘lga kiritdi. Sportchimiz 3-o‘rin uchun bahsda fransiyalik Bendjamin Axusni mag‘lub etdi. 

Top