AQSh vitse-prezidenti elchixona Al-Qudsga qachon ko‘chirilishini aytdi
AQSh elchixonasi Tel-Avivdan al-Qudsga 2019 yil oxiriga qadar ko‘chiriladi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
U Isroil parlamenti oldidagi nutqida shunday bayonot bilan chiqqan.
Pensning chiqishi parlamentning arab a'zolari tomonidan uzib qo‘yilgan, ular AQSh prezidenti Donald Trampning elchixonani ko‘chirish bo‘yicha qaroriga qarshi chiqishmoqda.
Avvalroq, Tramp AQShning Isroildagi elchixonasi 2018 yilda Al-Qudsga ko‘chirilmasligini aytgandi. “Yil oxirigachami? Biz turli ssenariylarni muhokama qilmoqdamiz. Biz buni unchalik mo‘ljallamayapmiz. Yo‘q”, deb aytgan Tramp tegishli savol yuzasidan Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida. Trampning aytishicha, Al-Qudsdagi elchixona “ajoyib bo‘ladi, biroq 1,2 mlrd dollar turmaydi”.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024