17:00 / 22.01.2018
43053

Xayrulla Hamidov O‘zbekiston telekanallaridan birida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi

Taniqli sport sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida bosh muharrir lavozimida ish boshladi. Bu ma'lumotni uning o‘zi «KUN.UZ»ga tasdiqlagan.

Xayrulla Hamidov ushbu telekanalning «Madaniy-badiiy dasturlar» muharririyatiga bosh muharrir etib tayinlangan.

Shuningdek, Xayrulla Hamidov MTRKning «Sport» telekanalidagi sharhlovchilik faoliyatini ham davom ettiradi va futbol muxlislari qalbidan joy olgan «Shedevr» mualliflik ko‘rsatuvi ham to‘xtatilmaydi.

Top