O‘zbekiston | 12:20 / 22.01.2018
12540
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi tuman hokimi investorlarni Vetnamdan jalb qilmoqchi 

Foto: Kruz.uz

Kruz.uz sayti xodimlari Qorao‘zak tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimi Dauletbay Utemuratov bilan suhbatlashdi. Hokim investorlarni jalb qilish uchun nimalar qilinayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi:

«Hurmatli prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida belgilab bergan topshiriqlari asosida, bizlar yanvar oyi oxirlarida chet davlatlarga borib, u yerdagi investorlarni jalb qilish haqida rejalashtiryapmiz. Shaxsan o‘zim Vetnam mamlakatiga borib, u yerda sholichilik, baliqchilik va o‘rdakchilik bo‘yicha o‘rganib kelmoqchiman. Albatta u yerga borgandan so‘ng quruq qaytmasligimiz kerak. Vetnamdagi investorlarni qiziqtirib, o‘zimizning tumanimizga olib kelishimiz lozim”.

O‘tgan yili tumanda investorlarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida D.Utemuratov quyidagilarni ma'lum qilgan:

"Qorao‘zak tumanida 2017 yilda 43 mlrd. 809 mln. so‘mlik investitsiyalar jalb qilindi. Tumanimizda o‘tgan yili ijtimoiy-iqdisodiy kompleks rivojlantirish dasturiga kiritilgan 95 ta loyiha ishga tushirildi. Jalb qilingan 43 mlrd. 809 mln. so‘mlik investitsiyaning 20 mlrd 803 mln so‘mi loyiha tashabbuskorlari mablag‘i, 23 mlrd 6 mln so‘mi esa tijorat banklari kreditlari hisoblanadi. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi tufayli 635 ta yangi ish o‘rni ochildi. Bular shunchaki sonlar emas, real amalga oshirilgan ishlardir", deya ta'kidlab o‘tgan hokim.

Mavzuga oid