Qozog‘istonda 40 daraja sovuq tufayli maktablardagi darslar bekor qilindi
Qozog‘istonning qator viloyatlarida juda kuchli sovuq harorat tufayli 22 yanvar kuni maktablardagi darslar bekor qilindi, deb yozmoqda Tengrinews.kz.
Xususan, Pavlodardagi maktablarda 1-11-sinflar, shuningdek, shahar kollejlarida tahsil olayotgan birinchi bosqichdagi talabalar uchun mashg‘ulotlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Pavlodar viloyatidagi barcha maktablar va kollejlarning birinchi bosqichlarida darslar o‘tkazilmadi.
Mintaqada havo harorati 40 daraja sovuqqa tushdi. Viloyatda kuchli sovuq tufayli 22-26 yanvar kunlari po‘rtana haqida ogohlantirish e'lon qilindi. Mintaqada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘llar yopib qo‘yilgan.
Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 22 yanvar kuni 1-11-sinflar o‘quvchilari uchun maktablardagi darslar bekor bo‘ldi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar departamentidan xabar qilishlaricha, dushanba kuni viloyat hududida 30 daraja sovuq bo‘lishi kutilgan.
Aqmolinsk viloyatidagi maktablarda ham 22 yanvar kuni kuchli sovuq tufayli 1-11-sinflardagi mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Ostonada maktablarning 1-11-sinf o‘quvchilari va kollejlarning birinchi smenadagi 1-2 bosqichlari talabalariga javob berilgan.
Ko‘stanayda birinchi smenadagi 9-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda "Alau".
Semeyda ob-havo sharoiti tufayli barcha maktab o‘quvchilari va birinchi bosqich talabalarining darslari bekor qilindi. 22 yanvar kuni shahardagi harorat 34 daraja sovuqni tashkil etdi.
Ust-Kamenogorskda birinchi smenadagi 1-9-sinf o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Mavzuga oid
11:55 / 15.11.2024
16 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
21:23 / 13.11.2024