Qozog‘istonda reys bo‘yicha qatnovchi barcha avtobuslar holati tekshiriladi

Foto: mid.gov.kz
Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazirligi huzuridagi transport qo‘mitasi IIV ma'muriy politsiyasi bilan birgalikda «Avtobus» tezkor-profilaktik tadbirni o‘tkazadi.
Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qaror Aqto‘be viloyatida 18 yanvar kuni yuz bergan fojia tufayli qabul qilingan.
22 yanvar – 18 fevral kunlariga rejalashtirilgan tekshiruv tumanlararo, shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro qatnovda yo‘lovchilar hamda yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi transport va haydovchilarni qamrab oladi. Texnik holatda qoidabuzarliklar aniqlansa, bu ularni qatnovdan olishgacha bo‘lgan choraga olib kelishi mumkin.
Avtotransport harakatining ehtimoliy yashirin yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha transport nazorati inspeksiyasi xodimlari va jamoatchilik vakillari orasidan mobil guruhlar tashkil etiladi. Alohida e'tibor avtoransportning majburiy va reysdan avvalgi texnik ko‘rigi hamda haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qaratiladi.
Avvalroq FVV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqqani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
-
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:48
Mavzuga oid

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

09:10 / 23.03.2025
Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

23:41 / 20.03.2025