18:30 / 22.01.2018
14856

O‘tgan yili bank kassalaridan qancha naqd pul chiqim qilingani ma'lum 

Foto: KUN.UZ

O‘tgan yilda bank kassalaridan chiqim qilingan naqd pullar hajmi 46 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Chiqim qilingan naqd pullarning 34% – ijtimoiy to‘lovlarga, 32% – ish haqi to‘lovlariga, 15% – naqd chet el valyutasini sotib olishga, 15% – aholining bankdagi hisobvaraqlaridan (omonatlar va bank kartalari) berilgan naqd pullarga va 4% – boshqa xarajatlarga to‘g‘ri keladi.

Jami chiqim qilingan naqd pullar hajmida Toshkent shahrining ulushi 27%, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning ulushi 73% ni tashkil etadi.

Top