O‘zbekiston | 22:50 / 22.01.2018
134864
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbari o‘zgardi

Foto: uzairways.com

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi rahbari o‘zgardi. Ulug‘bek Ro‘ziqulov milliy aviakompaniya bosh direktori lavozimidan ozod qilingan. «KUN.UZ»ning «O‘zbekiston havo yo‘llari»dagi manbasi ushbu ma'lumotni tasdiqladi. 

2017 yilning avgustida 2002 yil iyunidan buyon aviakompaniyaga rahbarlik qilib kelgan Valeriy Tyan o‘rniga «O‘zavtosanoat»ning sobiq rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori etib tayinlangandi.

Milliy aviakompaniyaga bunga qadar birinchi o‘rinbosar lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyor Hakimov yangi bosh direktor etib tayinlangan. Hakimov muqaddam Toshkent xalqaro aeroporti direktori lavozimida ham ishlagan.

Bu o‘zgarish so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik tomonidan aviakompaniya nomiga bildirilgan tanqidlar fonida ro‘y bermoqda. Internetda bir necha marta milliy aviakompaniya reyslari uchun chiptalar narxlari juda qimmatligi va bu aholiga noqulayliklar keltirib chiqarayotgani tanqid qilingandi.

Mavzuga oid