12:40 / 22.01.2018
75685

Viloyat hokimi: «Ayol ikki bola bilan qolmoqda, eri «Natasha», «Masha»lar bilan ketib qolmoqda»

Foto: KUN.UZ

KUN.UZ tahririyati jurnalistlari Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, aholi murojaatlari bilan ishladi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida ajrimlar bo‘yicha vaziyat ancha og‘ir bo‘lgan, biroq hozirda bu ko‘rsatkich biroz yaxshilangan. 

“Ajrim ertaga jinoyatga ham olib kelishi mumkin. Sababi ayol ikki bola bilan qolib ketyapti, eri ajrashib “Natasha”, “Masha”lar bilan ketib qolmoqda. Ayolning o‘zi qolyapti, o‘z joniga qasd qilishlar ham shundan kelib chiqmoqda, bola tarbiyasi e'tibordan chetda qolmoqda. Buning tagida juda katta narsa yotibdi, eng og‘riqli nuqtalarimizdan bittasi... Bu mahalladagi vaziyatga ham ta'sir ko‘rsatadi. Biroq mahallada fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlar bilan ishlaydigan faollarning ishi yaqin 8 oyda o‘zini ko‘rsatishi kerak. Fohishaxonalar bo‘yicha ishlarni kuchaytirmoqdamiz. Menga kelib tushgan hujjatlarni ko‘rib, xotin-qizlar bilan ishlaydigan mutasaddilarni chaqirib so‘rayman: “Nima uchun ikki bolali ayol o‘sha yerda yuribdi?”.

Bundan tashqari, u yerga, asosan, yosh yigitchalar boryapti. Bu boradagi ishlarga barham berish bo‘yicha yanada faollashishimiz lozim”, - dedi Sirdaryo viloyati hokimi.

Top