15:10 / 23.01.2018
16644

1966 yilda yo‘qolgan uch bolani qidirish ishlari tiklandi

Foto: South Australia Police

Avstraliya politsiyasi mamlakat tarixidagi eng sirli jinoyatni fosh etishga yaqin turibdi. Bu tergov ishlari yakunlanganidan yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tgach, yuz berishi mumkin. O‘shanda, 1966 yilning 26 yanvar kuni, Avstraliya kunida Adelaida shahridagi sohilbo‘yida uch nafar yosh bola yo‘qolib qolgandi. 

Uch bolaning hammasi o‘sha kuni sohilbo‘yiga avtobusda yo‘l olishgan, so‘ng ularni hech kim ko‘rmagan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy bola o‘g‘risi fotoroboti tuzilgan. Bolalar g‘oyib bo‘lganidan so‘ng olib borilgan qidiruv ishlari hech qanday natijaga olib kelmadi, bu boradagi ishlar keng ko‘lamli miqyosda olib borilganiga qaramay, yarim asrdan beri hech narsani aniqlashning uddasidan chiqilmagandi.

Yaqinda esa 7 News telekanali texnik mutaxassislar va yangi murakkab asbob-uskunalardan foydalangan holda o‘zining surishtiruv ishlarini boshladi. Ikki hafta avval boshlangan qidiruv davomida Adelaidadagi fabrika hududidan georadar yordamida qachonlardir “zarar ko‘rgan” yer joyi, anomaliya topildi. U yerda yaqin haftalar ichida yangi qazilma ishlari o‘tkaziladi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, “anomaliyalar” o‘lchami 1*2*2 metrga teng – bu ehtimoliy qabr bilan barobar degani, deya xabar berdi teleboshlovchi reportajda. Fabrikaga qachonlardir tadbirkor Garri Fipps egalik qilgan, u avval politsiya e'tiboriga ham tushgan. 

«U (Fipps) pedofil edi, shafqatsiz pedofil, u xavfli shaxs edi va biz buni bilamiz», - deya ma'lum qildi surishtiruv ishlarida qatnashayotgan sobiq detektiv Bill Gayyes. Politsiya vakillari so‘zlariga ko‘ra, bu yerda yaqin haftalar ichida yangi qazilma ishlari olib boriladi.

Top