Davlat dasturi: Propiska, qishloq xo‘jaligi, oliy ta'lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa yangiliklar
22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili» Davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra endilikda:
Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlar bekor qilinadi.
O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddati uzaytiriladi.
O‘zbekistonda mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimi soddalashtiriladi, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabi bekor qilinadi;
Voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmagani uchun ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi.
«Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi va unga ko‘ra bu sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi.
O‘zbekistonda eksportni va turizmni rivojlantirish maqsadida maqbul agrokultura amaliyoti (Global G.A.P.), «halol» va «kosher» standartlari qabul qilinadi.
Fermerlar paxta xom ashyosini qayta ishlovchi va to‘qimachilik korxonalariga o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha agentlik tashkil etish.
Respublikaning har bir tumani va shahridan 70tagacha oilaga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilinadi.
Tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 46ta tug‘ruq bo‘limlari negizida tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etiladi.
O‘zbekistonda 2018 yildan boshlab tibbiy sug‘urta mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Oliy ta'lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovi natijalari test o‘tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining ish vaqti me'yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yiladi.
Toshkent-Urganch-Xiva tezyurar poyezdi va Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Xiva turistik poyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi, Toshkent Janubiy vokzali foydalanishga topshiriladi.
Hududlardagi 2750 km uzunlikdagi mintaqaviy avtomobil yo‘llari ta'mirlanadi.
Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don (Rossiya Federatsiyasi) va Olmaota (Qozog‘iston Respublikasi) shaharlarida O‘zbekistonning yangi konsullik idoralari ochiladi.
Xorijdagi hamyurtlarni O‘zbekistondagi islohotlar jarayonlariga faol jalb qilish maqsadida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar e'lon qilish tartibi belgilanadi.
Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37ta qonun qabul qilinishi belgilangan.
Mavzuga oid
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
23:32 / 30.01.2024
Nodavlat uyushmalarning davlatga taalluqli funksiyalari davlat idoralariga o‘tkaziladi
23:13 / 30.01.2024