21:00 / 23.01.2018
9576

Eron yangi raketalarni sinovdan o‘tkazdi

Foto: Fars

Eron harbiy-dengiz kuchlari katta masofalarga mo‘ljallangan qanotli raketa “Qodir”ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Fars” axborot agentligi xabar berdi.     

 

22 yanvarda Makran sohilbo‘yida va Oman ko‘rfazida Eron armiyasining harbiy-dengiz, harbiy-havo kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlari ishtirokidagi ikki kunlik mashg‘ulotlar boshlandi.

Ta'kidlanishicha, “Qodir” yerda va kemalarda qo‘llanadigan raketa bo‘lib, 300 km uzoqlikdagi nishonlarni yo‘q qila oladi.

Harbiylar, shuningdek, “Nasr” qanotli raketasini sinovdan o‘tkazganlar. 22 yanvarda esa “Labayk-1” yuqori aniqlikdagi raketasi uchirilgan. Bu raketalarning barchasi Eronda ishlab chiqariladi.

Harbiy mashg‘ulotlar asosiy neft tashish yo‘llari o‘tuvchi Ormuz bo‘g‘ozi yaqinida o‘tmoqda.

 

Top