Jahon | 14:35 / 23.01.2018
14441
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreyani uzr so‘rashga chaqirdi

Foto: Reuters

Janubiy Koreya hukumati Seulda KXDR bayrog‘i va Kim Chen Inning fotosurati yoqib yuborilgani uchun uzr so‘rashi kerak. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Moskvadagi elchixonasi xabarida aytiladi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».

«Janubiy Koreya hukumati butun millatga qarshi hozirgi siyosiy fitna uchun uzr so‘rashi, jinoyatchilarni jazoga tortishi va bunday holatlar yuz bermasligi uchun tegishli choralarni ko‘rishi lozim.

Bu bizning yaxshi niyatimiz va Koreyalararo munosabatlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlarimizga nisbatan qabul qilib bo‘lmaydigan tahqirlash hamda Olimpiya o‘yinlariga kiritmaslikka yo‘naltirilgan siyosiy fitnadir.

Biz Koreyalararo munosabatlarni qadrlaymiz, biroq o‘taketgan mutaassiblarning bunday xatti-harakatini jim kuzatib tura olmaymiz», - deyiladi KXDR elchixonasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seulda faollar Kim Chen In fotosuratini KXDR delegatsiyasi rahbari ko‘z o‘ngida yoqib yuborishgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid