Jahon | 17:40 / 23.01.2018
6848
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Turkiyani Suriyada «vazminlikka» chaqirdi

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa mahkamasi rahbari Jyeyms Mettis Turkiyani Suriyada «vazminlikka» chaqirdi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.

«AQSh mudofaa vaziri Mettis Turkiyani Suriyada «vazminlikka» chaqiradi», - deb yozmoqda agentlik.

Avvalroq, Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders ham Anqarani Suriyada vazminlikka chaqirgandi.

20 yanvar kuni avvaliga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlanib bo‘lganini ma'lum qildi. Ko‘p o‘tmasdan Turkiya bosh shtabi Afrinda «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qildi. Turkiya harbiylari bayonotida bu amaliyot «Suriya yaxlitligini hurmat qilgan holda» olib borilishi ma'lum qilingan. 

Mavzuga oid