16:50 / 23.01.2018
19040

Poroshenkoning 2017 yildagi maoshi miqdori ma'lum

Foto: RIA "Novosti"

2017 yilda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ish haqi miqdori 336 ming grivna (taxminan 11,6 ming dollar)ni tashkil etdi. 

Interfaks-Ukraina xabariga ko‘ra, barcha summa xayriya maqsadlariga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga, prezident ma'muriyati rahbari Igor Rayninga 537 ming 775 grivna (taxminan 18,6 ming dollar) ish haqi yozilgan. Unga oylik maoshdan tashqari, qo‘shimcha ustamalar ham belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenkoning 2017 yil oktabr oyidagi maoshi miqdori ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top