Ravshan Haydarov O‘zbekistonning sara murabbiylari safiga kirdi
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempionati yarimfinalida Janubiy Koreya yoshlarini 4:1 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Natijada, yoshlar termasi ustozi Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoalarini rasmiy turnir finaliga olib chiqqan 5-murabbiy bo‘ldi.
Avvalroq bunday ko‘rsatkichga Rustam Akramov, Ahmad Ubaydullayev, Aleksey Yevstafeyev va Dilshod Nurullayev erishgandi.
Endi Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoalari bilan rasmiy turnirlarda zafar quchgan uchinchi murabbiy bo‘lish imkoniyatiga ega. Buning uchun, uning shogirdlari 27 yanvar kuni Vetnam yoshlar terma jamoasini mag‘lub etishi kerak.
O‘zbekiston terma jamoalari bilan finalga chiqqan murabbiylar:
Rustam Akramov (MTJ, Xirosima-1994, Xitoy - 4:2)
Ahmad Ubaydullayev (U19, OCh-2008, BAA - 1:2)
Aleksey Yevstafeyev (U16, OCh-2010, KXDR - 0:2)
Dilshod Nurullayev (U16, OCh-2012, Yaponiya - 1:1, pen. 3:1)
Ravshan Haydarov (U23, OCh-2018, ?)
Mavzuga oid
17:17 / 26.12.2023
Fayzullayev – O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi. O‘FA yil laureatlarini e’lon qildi
12:20 / 08.09.2023
Qobul Berdiyev FVV akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi
21:35 / 18.03.2023
Ravshan Haydarov - O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda 2 marta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy
12:57 / 09.02.2021