12:00 / 23.01.2018
12202

Rossiya Yaqin Sharq davlatlariga zenit raketa tizimlarini sotmoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Rasmiy Moskva Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyodagi qator davlatlar bilan S-400 zenit raketa tizimlarini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «S-400’ni xarid qilishga boshqa davlatlar ham, xususan, Yaqin Sharq mintaqasi va Janubi-Sharqiy Osiyodan bo‘lgan qator mamlakatlar qiziqish bildirgan».

«Hozirda tegishli muzokaralar jarayoni davom etmoqda», - deya Shoyguning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Mavzuga oid
Top