15:20 / 23.01.2018
20084

Rossiya Ukrainaga Qrimdagi harbiy texnikani nega topshirmoqchi?

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putinning Kiyevga Qrimdan harbiy texnikani topshirish bo‘yicha taklifi rasmiydir, Ukraina «ha» yoki «yo‘q» deyishi kerak, deb yozmoqda RIA «Novosti».

«Albatta, rasmiy hujjatlar, birinchi navbatda, diplomatik notalar, turli murojaatlar bo‘lishi mumkin, biroq, davlat rahbari rasmiy bayonotini rasmiy taklif yoki rasmiy tashabbus sifatida ko‘rish kerak», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Shuningdek, u Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkinning bu taklif «tryuk» ekanligi haqidagi bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.

«Keling o‘zimizcha talqin qilmaylik, har holda Kiyev ha yoki yo‘q, deyishi kerak, kutamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.

Peskovning so‘zlariga qaraganda, rasmiy bildirishnoma yoki shunga o‘xshash hujjatlarni yuborishga hojat yo‘q.

«Menga diplomatik kanallar orqali qandaydir qog‘ozlar yuborilgani noma'lum, biroq, yana bir marta qaytaraman, agarda ular yo‘llanmagan bo‘lsa, u holda bunga ehtiyoj yo‘qdir, sababi prezident rasmiy bayonoti berildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan matbuot kotibi.

Mavzuga oid
Top