O‘zbekiston | 16:55 / 23.01.2018
50292
2 daqiqa o‘qiladi

Ta'lim sohasida soatbay haq to‘lash o‘rtacha 15 foizga oshirildi

Foto: KUN.UZ

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (ro‘yxat raqami  2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning miqdorlari tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Bungacha amalda bo‘lgan miqdorlar (ro‘yxat raqami  2834, 2016 yil 24 oktabr) 15%ga oshirildi. Bunda aytib o‘tilishicha, yangi oshirilgan stavkalar 1.12.2017 yildan, ya'ni o‘tgan sanadan boshlab qo‘llaniladi. Shu sanadan boshlab eng kam ish haqining miqdori ham oshirilgan.
 
Bundan tashqari, belgilanishicha, umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta'limi ustalarining soatbay haq to‘lash miqdorlari 14 561,9 so‘mni tashkil etadi. Ilgari ular belgilanmagan edi.
 
Ma'lumot uchun. Soatbay haq to‘lash miqdorlari 1 akademik soat uchun belgilangan. Oliy ta'lim to‘g‘risida nizomning 35-moddasiga ko‘ra, barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi belgilangan – 45 daqiqa (birga olib boriladigan yagona parada mashg‘ulotlar o‘tkazilganda - 40 daqiqa).
 
Hujjat 18.01.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid