09:30 / 23.01.2018
16763

Toshkentda ayol kishini talagan to‘rt yigit ushlandi

Toshkent shahrida ayol kishini qo‘rqitib, narsalarini o‘marib ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda. 

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 18 yanvar soat 20:35larda Oqbilol ko‘chasi 15-uyda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan V.Ts, Avliyo ota ko‘chasi 8-uy 14-xonada yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.K., Yashnobod tumani Murg‘ob ko‘chasi 20-uyda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Q.A. va Bektemir tumani Suvsoz dahasi 31-uy 32-xonada yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan B.A. Qo‘yliq 1-daha 5-uy oldida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Bardanko‘l m.f.y. O‘qituvchilari ko‘chasida yashovchi, 1992 yilda tavallud topgan A.Ts.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, sumkasi ichida bo‘lgan 6.000.000. so‘m puli, 8.500 AQSh dollari, parfyumeriya mahsulotlari, “Ayfon va Samsung” mobil telefonlari bo‘lgan sumkasini tortib olib voqea joyidan yashiringanlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida V.Ts., D.K., Q.A. va B.A. ushlangan.

Top