Bugun, 23 yanvar kuni soat Toşkent vaqti bilan 6:26da Özbekistonning şarqida zilzila qayd etildi.
Toşkent şahri aholisi 3,5-4 ball atrofidagi yer qimirlaşi kuçini sezişgan.
«Toşkent» seysmostansiyasi «Kun.uz»ga tasdiqlaşiça, 4 balli zilzila episentri Qozoğiston janubida, Toşkentdan 18 kilometr masofadagi Sarioğoç tumani hududida joylaşgan.
Yevropa—Örta yer dengizi seysmologiya markazi bu vaqtda Özbekiston şarqida zilzilani qayd etgan.
Zilzila episentri Sarioğoç şahridan 16 kilometr şimoli-şarqda, Toşkentdan 31 kilometr şarqda, 10 kilometr çuqurlikda bölgani bildirilmoqda. Episentrda zilzila kuçi 4,6 ballni taşkil etgan.
















