20:40 / 23.01.2018
21139

Tuyalar botoks sababli «go‘zallik tanlovi»dan chetlatildi

Foto: Arabian Business

Saudiya Arabistonida tuyalarga bag‘ishlangan milliy festival doirasida tuyalar o‘rtasidagi go‘zallik tanlovidan botoks inʼeksiyasi kiritilgan 12 ta tuya chetlatildi. Ma'lum qilinishicha, tuyalarning egalari sevimli jonzotlari chiroyliroq ko‘rinishi uchun ularning lablari, lunjlari, boshlari va tizzalariga botoks kiritishgan.   

Ta'kidlanishicha, badaviylar (ko‘chmanchi arablar) mamlakatning milliy ramzlaridan biri bo‘lgan tuyalarni saqlab qolish uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.

Milliy festival bir oy davom etadi. Undan, shuningdek, mukofot jamg‘armasi 57 mln dollarni tashkil qiluvchi tuyalar poygasi ham joy olgan. 

 

Top