Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk muxolifati yetakchisi Afrindagi amaliyotni qo‘llab-quvvatladi
Turkiyadagi asosiy muxolif Xalq-respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li “Zaytun novdasi” amaliyotini qo‘llab-quvvatladi, uni Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrinida amalga oshirmoqda.
"Zaytun novdasi” amaliyoti mamlakat kun tartibida bor edi. Biz u katta yo‘qotishlarsiz tugashini xohlaymiz. Bizning harbiylar Suriya hududiy yaxlitligiga hissa qo‘shishmoqda", - deya aytib o‘tdi Qilichdoro‘g‘li Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga.
O‘z navbatida, mamlakat bosh vaziri ikki asosiy muxolif partiya – XRP va Milliy harakat partiyasi rahbariyatiga Afrindagi amaliyotni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Turkiya parlamentidagi to‘rt partiyadan Suriyadagi amaliyotga faqat kurdlarga yaqin bo‘lgan Xalqlar demokratiyasi partiyasi qarshi chiqdi, uning hamraisi Serpil Kamolboy turk armiyasining Afrindagi harakatlarini bosqinchilik, deb atadi.
20 yanvar kuni avvaliga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlanib bo‘lganini ma'lum qildi. Ko‘p o‘tmasdan Turkiya bosh shtabi Afrinda “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qildi. Turkiya harbiylari bayonotida bu amaliyot “Suriya yaxlitligini hurmat qilgan holda” olib borilishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
11:46
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026