13:30 / 23.01.2018
16180

Ustyurtda gazning sanoat miqyosidagi yangi zaxiralari ochildi

Foto: O‘zbekneftegaz

Yangi 2018 yil nafaqat O‘zbekiston neftgaz tarmog‘i, balki butun mamlakat uchun ham muhim voqeadan boshlandi. Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt platosida joylashgan Quyi Surg‘il maydonida gaz kondensatining yangi yirik zaxiralarini ochishga erishildi. Bu haqda «O‘zbekneftegaz» axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan kon-geofizika ishlari tufayli 2018 yil yanvar oyi boshlarida 3 600 metr chuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hajmlaridagi zaxiralarini topishga erishildi.

Surg‘il koni mamlakat neftgaz sanoatini rivojlantirish dasturida yaqin istiqbol uchun muhim vazifalardan biriga aylandi. Uni ochish va foydalanishga topshirish qimmatbaho resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash, tarmoq infratuzilmasini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Yaqin vaqtlarda mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zaxiralari o‘sishini baholash ishlari bajariladi va Quyi Surg‘il konida geologik qidiruv ishlarning yangi yo‘nalishlari yuzasidan samarali takliflar tayyorlanadi.

Foto: O‘zbekneftegaz
Foto: O‘zbekneftegaz
Foto: O‘zbekneftegaz
Foto: O‘zbekneftegaz
Top