Britaniyaning Deloitte kompaniyasi Yevropa klublarining 2016/17 yilgi mavsum daromadlari hisobiga reyting tuzib chiqdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumdagi kabi birinchi o‘rinni saqlab qolgan. Jamoa o‘tgan mavsumda ishlab topgan umumiy daromadi 676 million yevroni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Real» mankunianliklardan 1,7 mln yevro kamroq ishlab topgan.

Reytingda uchinchi o‘rinni «Barselona» 648 mln yevro daromad evaziga egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda «Bavariya» (587,8 mln) va «Manchester Siti» (527,7 mln) borishmoqda.

Deloitte Money League TOP-20ligi

1. «MYu» – 676,3 mln. yevro
2. «Real» – 674,6
3. «Barselona» – 648,3
4. «Bavariya» – 587,8
5. «Manchester Siti» – 527,7
6. «Arsenal» – 487,6
7. «PSJ» – 486,2
8. «Chelsi» – 428
9. «Liverpul» – 424,2
10. «Yuventus» – 405,7
11. «Tottenhem» – 355,6
12. «Borussiya» D – 332,6
13. «Atletiko» – 272,5