12:14 / 24.01.2018
17755

Yaponiya AQShga talab qo‘ydi

Foto: Kiodo

Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera AQShdan harbiy vertolyotlar parvozini to‘xtatishni talab qildi. Bu ulardan biri Okinavada majburiy ravishda qo‘ngani tufayli yuz berdi, deb ma'lum qilmoqda «Kiodo».

«Bunisi endi ortiqcha», - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Ta'kidlanishicha, shu oyda bunga o‘xshash hodisalar uch marta ro‘y berdi, bu esa yapon hukumati tomonidan jiddiy tanqid hamda norozilikka sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya shu oy oxiridan Xonsyuda AQSh qiruvchilarini joylashtira boshlashi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top