14:36 / 24.01.2018
46419

Chiroq o‘chdimi? Endi “O‘zbekenergo”ga Telegram orqali murojaat qilish mumkin

Foto: KUN.UZ

Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o‘rganish maqsadida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati xalq bilan muloqot qilishni yanada osonlashtirdi.

Endi respublika aholisi Telegram messenjerida “O‘zbekenergo bilan muloqot” kanali orqali murojaatlarni “O‘zbekenergo” AJga yo‘llashlari mumkin. 

Yo‘llangan murojaatlar shaxsan Jamiyat boshqaruv raisi nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi.

Top