11:26 / 24.01.2018
13669

«Dahshatga tushdik». AQSh Kongoni qoralab chiqdi

Foto: AP

AQSh Davlat departamenti Kongo hukumati harakatlarini qoralab chiqdi. Idora rasmiy vakili Hezer Nauertning xabar berishicha, buning oqibatida amaldagi hukumatga qarshi norozilik namoyishida qatnashgan kamida olti kishi halok bo‘ldi.

«Biz Kongo Demokratik Respublikasi hukumati, jumladan prezident Jozef Kabilu oddiy fuqarolar, diniy yetakchilar va bolalarga nisbatan juda keskin kuch va qatag‘on taktikasini qo‘llayotganidan dahshatga tushdik», - deyiladi idora xabarida.

Nauertning ta'kidlashicha, AQSh Kabiluni tinch va ochiq saylov jarayonini ta'minlashga chaqiradi, bu mamlakatda halol saylovlar rejaga muvofiq 2018 yilning dekabrida bo‘lib o‘tishi uchun kerak.

Top