14:43 / 24.01.2018
5492

Filippinda Mayon vulqoni otildi

Foto: Reuters

Filippinda Mayon vulqoni otildi, chiqarib tashlangan kul balandligi 5 kilometrga yetgan. 61 mingdan ortiq inson vulqon atrofidagi hududlarni tark etdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Mintaqada xavfning to‘rtinchi darajasi joriy etildi. 23 yanvardan beri kraterdan beshinchi marta lava favvoralari otildi, vulqon atrofidagi 3-5 kilometrlik hududga kul aralash birikma tarqalib ketgan. 

Mahalliy ma'muriyat vulqon atrofidagi xavfli hududni 9 kilometrga qadar oshirdi. 17 ta shaharda maktablar yopildi. Bundan tashqari, 56 ta aviareys bekor qilingan.

Mavzuga oid
Top