Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy megapolislari aholisi 40 yil ichida birinchi marta kamaydi
Foto: AFP
Xitoyning Shanhay va Pekin shahridagi aholi soni 1978 yildan beri birinchi marta qisqardi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
XXR Milliy statistika byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Pekin aholisi soni 22 mingga (0,1%) qisqarib, 21,7 mln kishini tashkil etdi. Shanhay aholisi esa 13,7 mingga kamaydi va 24,18 mln kishiga teng bo‘ldi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, aholi sonining qisqarishi qishloq tumanlardan migratsiya sekinlashishi, mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar miqdorining kamayishi, shuningdek, megapolislar migrantlar uchun jozibadorlikni yo‘qotib borayotgani bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025