Jahon | 14:55 / 24.01.2018
11081
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston 25 yilda nimaga erishmoqchi ekani ma'lum qilindi

Foto: Adnan Abidi/Reuters

 Hindiston moliya vaziri Arun Jyeytlining ma'lum qilishicha, mamlakat 25 yil davomida jahondagi eng yirik uchta iqtisodiyotdan biriga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Hindiston yettinchidan beshinchi o‘ringa ko‘tarilib, albatta, keyingi 25 yil davomida dollar birligida dunyodagi eng yirik uchta iqtisodiyotdan biriga aylanadi», - deya aytib o‘tgan Jyeytli.

Uning ta'kidlashicha, Hindiston ayni damda jahondagi eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotga egadir.

O‘tgan yili Moody's 14 yil ichida ilk marta Hindiston reytinglarini oshirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid