2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan.
Mintaqaviy forumni o‘tkazish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi mas'ul etib belgilangan.
Forumni o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilinadi va mazkur farmoyish bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
- Markaziy Osiyo forumini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar;
- yoshlarning xorijiy tengdoshlari bilan bo‘ladigan muloqotda e'tibor qaratiladigan asosiy masalalar;
- forum doirasida o‘tkaziladigan har bir tadbirning rejasi, moliyalashtirish manbalari nazarda tutiladi.










