09:42 / 24.01.2018
19799

O‘zbekiston aeroportlari past byudjyetli xorijiy aviakompaniyalar uchun ochilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘lovchi transportda favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi №42-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijda ish bilan ta'minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash va yollashni tashkil etishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining markazlashtirilgan buyurtmanomalari asosida aviatsiya va temiryo‘l transportida tashish uchun avia hamda temiryo‘l chiptalarini imtiyozli tariflar bo‘yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan idoralararo bitimni ikki hafta muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqadigan fuqarolar o‘rtasida ehtiyoj bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni tashkil etish yuzasidan bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Taklifda:

- charter qatnovlarni amalga oshirishni va harakatidagi temiryo‘l tarkibi sonini, shu jumladan platskart vagonlar ulushini ko‘paytirish;

- byudjyeti past bo‘lgan xorijiy avia va temiryo‘l kompaniyalarini jalb etishni, shu jumladan «Rossiya temir yo‘llari» OAJ bilan hamkorlik qilish masalasini ko‘rib chiqadi.

Mavzuga oid
Top