11:40 / 24.01.2018
8607

O‘zbekiston afg‘on tovarlari uchun tranzit bojlarini 50 foizga pasaytirdi

Foto: Facebook/Hakimi.Eklil

Afg‘oniston Moliya vazirligining ma'lum qilishicha, Kobul va Toshkent o‘rtasida imzolangan ishbilarmon hamda tranzit bitimlariga asoslanib, O‘zbekiston mamlakat orqali olib o‘tiluvchi afg‘on yuklari tranziti uchun bojlarni pasaytirdi. Bu haqda TOLOnews xabar bermoqda.

Moliya vaziri Eklil Hakimiyning aytishicha, O‘zbekiston shu paytga qadar tovarlar bilan to‘ldirilgan har bir konteyner uchun 2 500 dollar olgan, biroq bojlar 1250 dollarga qadar pasaytirildi.

«Avval har bir 40 futli konteyner uchun taxminan 2 500 AQSh dollari to‘laganmiz, biroq endi pulning yarmini bermoqdamiz, O‘zbekiston bilan ham shuni qildik, biz yig‘imlarni ikki barobarga kamaytirdik», - deya aytib o‘tdi Hakimiy.

Shu bilan birga, Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi rasmiy shaxslarining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston tranzit va biznes sohasida Afg‘onistonning yaxshi hamkori sanaladi, hukumat munosabatlarni yanada rivojlantirishi lozim.

Afg‘oniston SSP ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi yiliga 400 mln AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top