O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hujjat 2017 yil 29 dekabrda Toshkentda «Rosatom» delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan edi.

Bitimni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Nodir Otajonov va «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev imzoladi.

Hukumatlararo bitim O‘zbekiston hamda Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlik uchun huquqiy asos yaratadi.