Jahon | 09:43 / 25.01.2018
16878
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston o‘z fuqarolarini Qozog‘istonga vaqtinchalik bormaslikka chaqirdi

Foto: Ca-news

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolariga Qozog‘iston hududiga yer usti transportida vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi. Bu ushbu davlatda juda kuchli sovuq harorat kuzatilayotgani bilan bog‘liq, deb xabar berdi idora matbuot xizmati.

«Qozog‘iston Respublikasining ba'zi tumanlarida keskin sovuq tushishi munosabati bilan favqulodda vaziyat joriy etilgani tufayli, biz Qozog‘iston Respublikasi hududiga yer usti transportida ob-havo sharoitlari yaxshilanmagunga qadar bormaslikni tavsiya etamiz», - deyiladi Tojikiston tashqi siyosat idorasi xabarida.

Shu bilan birga, Qozog‘iston Gidrometeorologiya markazi havo harorati 45 daraja sovuqqa qadar tushishi kutilayotgani munosabati bilan bo‘ron ogohlantiruvi haqida e'lon qildi. Ostonada 23-26 yanvar kunlari kechqurun -35...-40 daraja, kunduzi -27...-32 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid