Jahon | 19:00 / 25.01.2018
11067
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShni yana aybladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li AQShni Suriyadagi qurollangan kurdlar tuzilmalari masalasi bo‘yicha berilgan barcha va'dalarni buzishda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«AQSh davlat kotibi Reks Tillersondan Suriya shimolida 30 kilometrlik xavfsizlik zonasini yaratish bo‘yicha taklif keldi. Meni u nimani nazarda tutgani bilan qiziqdim. Biz ham xavfsizlik hududi haqida gapirmoqdamiz, biroq uni AQSh bilan turlicha ko‘rishimiz, bu hududdan boshqa zona barpo etilishini kutishimiz mumkin. Lekin ular hattoki buni samimiy gapirayotgan bo‘lsa ham – baribir ishonch kerak. Men hozirda AQShga nisbatan ishonchimiz yo‘qligini tushuntirdim: ular bizga YPG mavzusi bo‘yicha aytgan bitta so‘zning ham ustidan chiqishmadi», - deya aytib o‘tdi Chavusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklifni muhokama etish uchun Turkiya va AQShga ishonch darajasini oshirish lozim.

Mavzuga oid